Замон талаби математика фанларининг кенг қўлланишини талаб қилади. Шунинг учун Олий таълим Давлат стандартида “Иқтисод”  таълим соҳаларида “Иқтисодиётда миқдорий усуллар” фанига кенг ўрин ажратилган. Иқтисодиётда миқдорий усуллар фани дастури жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар учун зарур бўлган математиканинг: оптималлаштириш  ва унинг тадбиқлари, чизиқли дастурлаш, транспорт масаласи, бошқарувнинг тармоқлар  модели каби  бўлимларидан ташкил топган.

Inson hayotida uch turdagi hodisalar bo’ladi: muqarrar, mumkin bo’lmagan va tasodifiy hodisalarMuqarrar hodisa har qanday shart-sharoitlarda amalga oshadigan, mumkin bo’lmagan hodisa har qanday shart-sharoitlarda amalga oshmaydigan, tasodifiy hodisa ma’lum shart-sharoitlarda amalga oshishi ham, amalga oshmasligi ham mumkin. Tasodifiy hodisalarni aniqlik yoki determinantlashgan qonunlar doirasida o’rganib bo’lmaydi. 

Hayotimizga bizning xohishimizsiz kirib kelayotgan va tevarak atrofimizdagi hayot, qolaversa tabiat hodisalari bizga bog’liq bo’lmagan ravishda tasodifiy ro’y berar ekan, demak, insondan  ularni o’rganish va shu o’rganishni ahamiyatli qiladigan usullar ishlab chiqish talab etiladi.  Xuddi shu maqsadni o’z oldiga qo’ygan fan "Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika"dir.

Kurs "Miqdoriy usullar asoslari" 2 semestr davomida o'qitiladi.