-14

Международный форум женщин-лидеров стран Шанхайской организации сотрудничества (ШОС) состоится 7 апреля в 11:00 (по Ташкентскому времени).

Tashkiliy qoʻmita

2021-yil 7-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligi  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti  davlatlari lider ayollari xalqaro Forumi oʻtkaziladi.

Ushbu forumni oʻtkazishdan maqsad – Oʻzbekistonning milliy manfaatlarini hisobga olib xalqaro reytinglar va indekslardagi oʻrnini yaxshilash, SHHT davlatlarning ijobiy tajribasiga asoslangan holda ilmiy va amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Forumda ishtirok etish uchun Oliy Majlis senatorlari, Qonunchilik Palatasi deputatlari,  Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekistondagi xorijiy diplomatik korpus hamda  xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy olimlar,  ilmiy-tadqiqot institutlarining xodimlari, oliy oʻquv yurtlarining professor oʻqituvchilari, izlannuvchilari, magistrantlar va talabalar qatnashishlari kutilmoqda. Xorijiy ishtirokchilar va xoxlovchilar forum faoliyatida  Zoom platformasida onlayn tarzda xam ishtirok etishlari mumkin.

Forum jarayonida muhokama qilinadigan yoʻnalishlar seksiyalari:

1-seksiya. XXI asr lider ayollari - xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy islohotlar ishtirokchilari: jahon va milliy tajriba.  Ushbu seksiyada jahondagi turli davlat, xalqaro tashkilotlarda lider ayollarining faoliyati, davlatimizda Parlamentning quyi va yuqori palata ayol aʼzolarining ichki va tashqi siyosatga doir faoliyati, davlat  va turli vazirliklarda, korxona rahbarlari, tadbirkor ayollarining qilinayotgan ishlari toʻgʻrisida materiallar  berilishi mumkin.

2-seksiya. Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy faolligi. Ushbu seksiyada 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish Maqsadlaridan kelib chiqib ayollar oldida turgan muhim vazifalar yoritiladi, shu jumladan fan, texnika, innovatsiya, oʻrta, kasbiy  va oliy taʼlim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, ekologiya, atrof muhitni, inson sogʻligini  himoyalash, gender tenglik, oziq ovqat xavfsizligi, qashshoqlikni, kambagallikni bartaraf etish yoʻllari, iqtisodiy oʻsish va bandlikni taʼminlash, qishloq xoʻjalikni rivojlantirish va boshqa muammolar.

3-seksiya. Inson xuquqlarini taʼminlash- global miqyosda jarayonlarni hal etishdagi muhim yoʻnalish sifatida. Mazkur seksiyasida  ayollarni insonlar sifatidagi turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, insoniy huquqlarini ximoya qilish borasida dunyo boʻyicha mavjud muammolar yoritiladi.

4-seksiya. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - ijtimoiy taraqqiyotni taʼminlashdagi xalqaro tashkilot sifatida. SHHTning xalq diplomatiyasi va madaniy diplomatiyani olib borishda,  lider ayollar va yoshlar  oʻrni. Ushbu seksiyasida SHHTning  bugungi kunda mavqei, ijtimoiy taraqqiyotga qoʻshayotgan xissasi, Oʻzbekistondagi faoliyati, SHXT  doirasida davlatlararo munosabatlarda anʼanaviy diplomatiyasi bilan bir qatorda xalq va madaniy diplomatiyasini olib borishda ayollar va yoshlarni madaniy va xalq diplomatiyasidagi xissasi, jarayondagi mavjud muammolari. 

Forum masalalari muhokamasi va materiallari asosida toʻplam chop etiladi.

Forumda ishtirok etish uchun quyidagi elektron manzil orqali konferensiya saytida roʻyxatdan oʻtish va materiallarni yuklash mumkin; manzil kursatiladi

Ilmiy tezis va maqolalar rasmiylashtirish talablari:

Forumda ishtirok etish uchun tezis yoki makola elektron shakli JIDU saytining Forum saxifasiga 2021-yil 15-martgacha joylashtirish kerak: elektron xazavola https://sco-forum.uwed.uz. Ilmiy tezis va maqolalar oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida, (tezis 3 bet, maqola 6-8 betgacha) taqdim etilishi lozim.

Forumga taqdim etilgan materiallar ilmiy izlanishlar, amaliy faoliyat jarayonida olingan natijalar asosida  rasmiylashtiriladi.

Forum materiallari tahrir qilinishi uchun quydagi umumiy talablarga  javob berishi kerak:

  • matn muharriri – MS Word 2003, 2007, 2010;
  • sahifa sozlamalari - A4 formatli kitob shakli, har tomondan 20 mm chegaralangan;
  • shrift - Times New Roman, hajmi (oʻchovi) - 14;
  • qatorlar oraligʻi va abzaslar orasidagi masofa - 1,5;
  • oʻng tomonning yuqori burchagida - familiyasi, ismi va otasining ismi, ilmiy darajasi va unovni, muallif(lar)ninglavozimi, tashkilot nomi, elektron pochta manzili, yangi satr, markazdan- tezis yoki maqolaning nomi (katta harflar bilan);
  • barcha jadvallar va diagrammalar MS Word redaktorida, tayyorlanadi, rasm va diagrammalar nomi ularning ostida va jadvalning nomi tepasida joylashtiriladi;
  • jadvallar, rasmlar va grafikalarda ishlatilgan maʼlumotlar uchun manbalar koʻrsatilishi kerak;
  • foydalanilgan manbalar roʻyxati alifbo tartibida tuziladi.

Taqdim etilgan materiallar antiplagiat dasturida va yuqoridagi talablarga muvofiqligi tekshiriladi.

Ijobiy baholangan materiallar toʻplamga kiritiladi, ular uchun badal puli koʻzda tutilmagan.

Forumda qatnashish bepul.


Maʼlumot uchun quydagi manzilga murojaat qilish mumkin:

P/I: 100192, Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 54, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti A korpus 25-xona. Telefon: (+99871) 267-08-46., mob: (+99897) 784-56-65 Zakirova Munisa