29.10.2020 413

2020-yil 28-oktyabr kuni JIDUning navbatdagi Ilmiy kengashi boʻlib oʻtdi. Ilmiy kengash majlisini kirish soʻzi bilan Universitet Rektori Komiljon Xamidovich Karimov ochib berdilar.

Ilmiy kengash majlisida quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

Universitetni davlat attestatsiyasidan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish natijalari: kamchiliklar, muammolar va ularning yechimi toʻgʻrisida.

OʻzR Prezidentining 2019-yilning 8-oktyabridagi  “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonining ijrosini taʼminlash maqsadida  Taʼlimning  kredit-modul tizimiga oʻtilishi  munosabati bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida.

Taʼlim jarayonining oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlanganligi, yangi avlod darslik va oʻquv qoʻllanmalari, shuningdek, innovatsion taʼlim texnologiyalarini qoʻllashga asoslangan oʻquv-uslubiy majmualarni tayyorlash va nashr etishning holati toʻgʻrisida hamda prof. A.S.Rasulov  va U.Dalaboyev tomonidan tayyorlangan ”Oliy matematika (Xalqaro iqtisodiy munosabatlar taʻlimi yoʻnalishi uchun)” darsligi va “Matematika” (Ijtimoiy-gumanitar soha yonalishlari uchun) darsligini Matematika fanidan alohida universal darslik yaratish boʻyicha respublika tanloviga taqdim etish haqida.

Xalqaro huquq fakulteti tarkibidagi kafedralar nomlarini qayta koʻrib chiqish hamda YUNESKOning xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasini tiklash toʻgʻrisida.

Pedagog xodimlarni dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKga taqdimnoma berish toʻgʻrisida.

Pedagog xodimlarni vakant oʻrinlarga tanlov asosida ishga qabul qilish maqsadida  “Siyosatshunoslik” kafedrasi professori (1 oʻrin) lavozimiga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida.

2020-21 oʻquv yili qabul komissiyasi faoliyati (bakalavriatura va magistratura qabuli) yakunlari toʻgʻrisida hisobot.

Universitetda tayyorlangan oʻquv adabiyotlarini OʻzR Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining grifiga tavsiya etish toʻgʻrisida.

Normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida.

Kun tartibidagi boshqa va turli masalalar koʻrib chiqildi.

Koʻrilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.